» » Jeyms Kemeron “Avatar”ning davomini suratga olish uchun Yangi Zelandiyaga yetib keldi

Jeyms Kemeron “Avatar”ning davomini suratga olish uchun Yangi Zelandiyaga yetib keldi


Rejissor Jeyms Kemeron va prodyuser Jon Landau “Avatar” filmining davomini suratga olish uchun Yangi Zelandiyaga yetib keldi. Bu haqda Landau o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

“Yangi Zelandiyaga yetib keldik. Endi 14 kunlik karantinimiz boshlanadi”, — deb yozadi prodyuser.

Yangi Zelandiya chegaralari koronavirus pandemiyasi sabab rasman yopiq hisoblanadi. Biroq Kemeron va uning suratga olish guruhi mamlakat iqtisodiyoti uchun sezilarli darajada qiymatga ega loyihaga aloqasi bo‘lgani sabab ularga ruxsat berilgan.

“Avatar 2” sujeti birinchi qismdagi voqealardan bir necha yil keyin sodir bo‘ladigan voqealarga bag‘ishlanadi. Bosh qahramonlar — Jeyk va Neytiri qiz farzandli bo‘ladi. Ular birgalikda yana Pandoraga sayohat uyushtiradi.

“Avatar”ning navbatdagi qismini suratga olish ishlari aprel oyida boshlanishi kerak edi, biroq koronavirus sabab chegaralar yopilgan va ishlar to‘xtatilgan. Hozir Yangi Zelandiyada karantin cheklovlari yumshatilgan, xususan, kinosanoat qayta yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatda “Avatar”dan tashqari, tez orada “Uzuklar hukmdori” serialni suratga olish ham boshlanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют