» » Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 12 mingga yaqinlashdi, Afg‘onistonda esa 16,5 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 12 mingga yaqinlashdi, Afg‘onistonda esa 16,5 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 225 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 1,9 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 11 796 kishiga yetgan. Hozirga qadar 5941 kishi sog‘aygan, 44 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallangan yana uch kishi vafot etdi. Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 qurbonlari soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

3-iyun holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda yana 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1871 kishiga yetgan, hozirga qadar 1265 bemor sog‘aygan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4100 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida yana 87 kishida COVID-19 aniqlangan. Shuningdek, hozirga qadar virus bilan kasallanganlarning 2089 nafari sog‘aygan, qurbonlar soni esa o‘zgarishsiz qolmoqda — 47 kishi. Tojikiston shifoxonalarida koronavirus tashxisi qo‘yilgan 1612 bemor qolmoqda, 393 kishiga javob berilgan.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda 2-iyun holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 16,5 ming kishidan oshib ketdi, kamida 270 kishi virus qurboniga aylangan, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 16 509 kishini, sog‘ayganlar 1450 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka ichida yana 759 kishida koronavirus aniqlangan va 5 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston pandemiya sababli Afg‘onistonga ko‘rsatiladigan yordamni kengaytirish kerakligini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 3-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3769 nafarga yetdi. Hozirda mamlakatda 846 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Shu vaqtgacha 2908 nafar bemor sog‘aygan, 15 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют