» » O‘zbekistonda biologik dehqonchilik rivojlanayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda biologik dehqonchilik rivojlanayotgani ma’lum qilindi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida mikroorganizmlardan foydalanish texnologiyasi asosida yangi mikrobiologik o‘g‘it ishlab chiqarishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligida kimyoviy vositalar va og‘ir texnika qo‘llanilganda tuproq xususiyatlarining yomonlashuvi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida inson va jonivorlar organizmi uchun zararli moddalar to‘planishi kabi ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu kabi holatlarda biologik yoki muqobil dehqonchilik muhim ahamiyatga egaligi, bunday dehqonchilikda mineral o‘g‘itlardan foydalanilmasdan tuproq unumdorligini oshirish uchun uning biologik faolligi kuchaytirilishi aytildi.

“Samarali mikroorganizmlardan foydalanish tuproqni kimyoviy zaharli moddalar va sun’iy o‘g‘itlar qo‘llaniladigan an’anaviy qishloq xo‘jaligiga qaraganda ko‘p hosil beradigan unumdor yerga aylantiradi.  Tadbir doirasida “Baykal EM 1” yangi mikrobiologik o‘g‘itini mamlakatimizda ishlab chiqarish taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu o‘g‘it hosildorlikni oshirish, tuproq mikroflorasini qayta tiklash, fermerlar xarajatlarini ancha kamaytirish imkoniyatini yaratadi”, – deyiladi O‘zA xabarida.

O‘zbekistonda ushbu mikrobiologik o‘g‘itdan faol foydalanayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarida hosildorlik sezilarli ravishda oshgani kuzatilmoqda. Davra suhbatida mutaxassislar preparatning tuproq kimyoviy tarkibi va inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют