» » AQShdagi norozilik namoyishlari oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

AQShdagi norozilik namoyishlari oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi


AQShda afro-amerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etishi munosabati bilan boshlangan norozilik namoyishlari oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Associated Press.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular mamlakatning to‘qqizta shahridan bo‘lgan — Sent-Luis, Luisvill, Oklend, Indianapolis, Davenport, Minneapolis, Omaxa, Detroyt va Chikago. Shuningdek, o‘nlab odam jarohat olgan.

AP norozilik namoyishida halok bo‘lganlarga oid ma’lumotlar ochiq ekanligi va ular hayotligida nima ish bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Xususan, Luisvilldagi otishmada barbekyu-restoran egasi Devid Makati halok bo‘lgan. U politsiya va Milliy gvardiya olomonni quvish uchun o‘t ochgan vaqtida halok bo‘lgan.

Denverda esa ikki kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri 22 yoshli Italiya fuqarosi Kelli bo‘lib, norozilik namoyishi bo‘layotgan hududni tark etayotganida halok bo‘lgan. Shuningdek, alohida mojaro oqibatida bir erkak halok bo‘lgani aytilmoqda. Politsiyaning ta’kidlashicha, uning ham norozilik namoyishiga aloqasi bor.

Sent-Luisda esa politsiya xodimi marodyorlar tomonidan o‘tib o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют