» » Video: O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 30 kishilik to‘ylar

Video: O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 30 kishilik to‘ylar


O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Ruxsat tegishi bilan, masalan, 1-iyun kuni Olmaliqda karantin talablari asosida, ko‘pi bilan 30 kishi ishtirokida o‘tkazilayotgan to‘yning suratlari tarqaldi. So‘nggi kunlarda esa mamlakatning turli nuqtalaridagi “yashil” hududlarda 30 kishi ishtirokida o‘tkazilayotgan marosimlari tarqaldi.

Foydalanuvchilar ularning ayrimlarini 1990-yillarda hovlilarda o‘tkazilgan to‘ylarga o‘xshatgan, boshqalar esa tor doiradagi marosimni ham 300 kishilik to‘y muhitida o‘tkazishga ishtiyoq topa olayotganlarni olqishlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda marosim ishtirokchilari ayniqsa bolalar hisobiga ruxsat etilganidan ko‘proqdek ko‘rinadi. Bunga: “12 yoshdan kichik bolalar 30 kishiga qo‘shilmaydi”, deya hazil aralash munosabat bildirilgan.

Yana bir guruh foydalanuvchilar koronavirus jamiyat hayotining ko‘plab jihatlariga salbiy ta’sir qilgan bo‘lsa-da, o‘zbek xalqini “to‘y balosi”dan qutqarishda juda qo‘l kelganini, bunday kamchiqim va tartibli to‘y o‘tkazish an’anasini karantindan keyin ham saqlab qolish lozimligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: 

Ma’lumot uchun, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida, faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar bilan, sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.

O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют