» » Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi formati o‘zgartirilishi kutilmoqda

Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi formati o‘zgartirilishi kutilmoqda


UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi musobaqalari joriy mavsumi borasida yakuniy qaror qabul qilishga yaqin, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.

Ta’kidlanishicha, katta ehtimol bilan har ikki Yevrokubokning joriy mavsum o‘yinlari “sakkiz finalchi” formatida bo‘lib o‘tadi va  unga Portugaliya poytaxti Lissabon mezbonlik qiladi. Bunda chorak finaldan boshlab uy-safar tizimidagi o‘yinlar bekor qilinadi va bir o‘yinda g‘olib nomi aniqlanadi.

Shuningdek, musobaqalarni Myunxen va Madridda yakunlab qo‘yish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. UEFA bu boradagi yakuniy qarorni 17-iyunda chiqaradi.

Avvalroq Yevrokuboklar Germaniyada “to‘rt finalchi” formatida o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan to‘rtta o‘yin o‘tkazilgan va yana to‘rttasi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgandi. Unga ko‘ra, PSJ, “Atletiko”, “Atalanta” va “Leypsig” jamoalari ? finalga yo‘l olgan.

Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsumi finali Istanbulda (Turkiya), Yevropa Ligasining hal qiluvchi bahsi esa Gdanskda (Polsha) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют