» » Kaltaklanib, tiriklayin ko‘mib tashlangan hindistonlik qabrdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Kaltaklanib, tiriklayin ko‘mib tashlangan hindistonlik qabrdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi


Hindistonda kaltaklanib, tiriklayin ko‘mib tashlangan erkak qabrdan chiqib oldi, deb yozadi The Times of India.

Hodisa Gondal shahrida yuz bergan. Kapil Marakana ismli erkak olti yil yog‘ kombinatida ishlagan. Korxonaga yangi boshliq kelganidan so‘ng eski boshliq erkakni korxonaga zarar yetkazganlikda ayblay boshlagan.

Korxonaning ikki egasi yana bir erkakni yollab, Marakanani o‘g‘irlab ketgan. Marakanani rosa kaltaklashib, uni qum ostiga ko‘mib tashlashgan. Erkak qimirlamay qolganidan so‘ng uni o‘lgan deb o‘ylab, boshliqlar buni nishonlagani yo‘l olgan.

Erkak qum ostidan chiqib oldi va qocha boshlagan. Uni ko‘mganlar orqasidan quvlagan. Biroq erkak mahalliy qamoqxonaga yetib oldi hamda politsiyadan yordam so‘ragan.

Shu tarzda Marakanani kaltaklab, ko‘mganlar qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют