» » Erdo‘g‘on Tramp bilan shaxsan uchrashib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi bildirildi

Erdo‘g‘on Tramp bilan shaxsan uchrashib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishi bildirildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelgusi oyda shaxsan ko‘rishish va qator mavzular, jumladan, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda u Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Tramp bilan uchrashuv may oyi boshlarida o‘tkazilsa kerak. Hozir bunga tayyorgarlik olib borilmoqda. Unda qator mavzularda batafsil muzokaralar olib boramiz”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on. 

Turkiya prezidenti Kurdiston ishchi partiyasi (KIP), AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan suriyalik kurdlarning “Xalq mudofaasi kuchlari”ga (XMK) nisbatan munosabat o‘zgartirilishiga umid qilayotganini bildirdi. 

“AQSh terrorchi tashkilotlarga nisbatan strategiyasini o‘zgatirishi lozim. IShID — terrorchi guruh, biroq KIP va XMK kabi terrorchi tuzilmalar ham bor. Ularga nisbatan shundan kelib chiqib ish ko‘rish zarur”, — dedi Turkiya prezidenti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (20-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют