» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 kishidan oshdi


Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bemoqda SSV matbuot xizmati.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning 6 nafari Namangan viloyatidan, 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari Xorazm viloyatidan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

3-sonli tug‘ruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 1127 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1 170 nafarga yetdi.

Bugunning o‘zida Namangan viloyatida 4 kishi, Samarqand viloyatida 7 kishi, Navoiyda esa 42 kishi koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2 961 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa ular soni 3 004 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 3-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, 3 769 kishini tashkil qilmoqda, bemorlarning 15 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют