» » Rossiyaga fuqarolarning kirish taqiqini olib tashlash masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi qanday?

Rossiyaga fuqarolarning kirish taqiqini olib tashlash masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi qanday?


Rossiyada bo‘lish, migratsiya hisobida turish yoki mehnat bilan shug‘ullanish qoidalarini buzgan xorijiy davlat fuqarolariga nisbatan Rossiya qonunchiligiga binoan jarima va sud qaroriga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish va Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yish choralari qo‘llaniladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Rossiyaga kirish huquqi cheklangan shaxslar Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan taqdirda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Kirish taqiqi to‘g‘risidagi ma’lumotni Rossiya Ichki ishlar vazirligi veb-sahifasi www.fms.gov.ru dan olish mumkin .

Rossiyaning vakolatli organlarining kirishga ruhsat bermaslik to‘g‘risidagi qarorini tegishli sud instansiyalariga yoki Rossiya IIV Migratsiya masalari bo‘yicha boshqarmasining yuqori turuvchi organiga qonuniy tarzda shikoyat qilish orqali Rossiyaga kirish taqiqini bekor qilish mumkin.

1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya IIVning hududiy bo‘linmalariga yoki Rossiyaga kirishga taqiq qo‘ygan organga www.мвд.рф va www.ps.fsb.ru veb-sahifalaning elektron manzillariga o‘z arizalarini jo‘natish orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют