» » Karantin vaqtida Janubiy Koreyaga ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga ruxsat berish tartibi ma’lum qilindi

Karantin vaqtida Janubiy Koreyaga ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga ruxsat berish tartibi ma’lum qilindi


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyaga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida korxonasidan mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga qaytgan, biroq COVID-19 virusining tarqalishi natijasida Koreyadagi korxonasiga yetib bora olmayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati o‘rtasida o‘zaro muzokaralar olib borilgan.

Janubiy Koreya talabiga binoan, mazkur davlat hududiga kirishdan oldin O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda fuqarolar Koreyada 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo‘yicha rozilik bitimini tuzishi hamda O‘zbekistonda belgilangan tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan fuqaroning rozilik bitimida ko‘rsatilgan o‘zini o‘zi yakkalash joyi o‘rganiladi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, fuqarolar tomonidan o‘zini o‘zi yakkalash joyi karantin qoidalariga to‘g‘ri kelgan taqdirda fuqarolarga Janubiy Koreyaga kirish uchun ruxsat beriladi.

Qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinishicha, fuqarolar tomonidan to‘ldirilgan rozilik bitimida o‘zini o‘zi yakkalash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri berilganligi yoki ish beruvchining bu haqda xabarsiz ekanligi aniqlanmoqda.

“Rozilik bitimini to‘ldirishdan oldin ish beruvchingiz bilan karantinda saqlash joyini aniqlashtirish hamda haqqoniy ma’lumotlarni rozilik bitimiga kiritishingizni so‘raymiz. Siz tomondan noto‘g‘ri berilgan ma’lumotlar Janubiy Koreyaga kirib bormasligingizga hamda mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Janubiy Koreyadagi epidemiologik vaziyat tufayli ishchi vizasiga ega fuqarolarning mamlakatga mavjud charter reys orqali kirib borishlari cheklangan bo‘lib, (bir reysda 60 nafargacha) ularning ro‘yxati, eng avvalo, fuqarolarning ID kartasi amal qilish muddatiga asosan shakllantiriladi (viza amal qilish muddati).

Yuqoridagilarni inobatga olib, sizlardan ushbu vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishingiz va rozilik bitimida ko‘rsatgan ma’lumotlaringiz to‘g‘ri ekanligiga shubhalansangiz, zudlik bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (71) 202-33-55 (41, 46) telefon raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi ma’lumotda.

Mavzuga doir: Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ketish shartlari haqida ma’lumot berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют