» » Ikki kun ichida Istanbul va Moskvadan 677 nafar fuqaro charter reyslarda O‘zbekistonga olib kelindi

Ikki kun ichida Istanbul va Moskvadan 677 nafar fuqaro charter reyslarda O‘zbekistonga olib kelindi


O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish maqsadida tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq, 1—2-iyun kunlari Toshkent—Istanbul—Toshkent, Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishlarida amalga oshirilgan parvozlar orqali 677 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3-iyun kuni Toshkent—Sharja—Toshkent hamda Toshkent—Moskva—Toshkent yo‘nalishlarida charter reyslar amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, 4-iyun kuni Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent yo‘nalishida charter reys amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun yana 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi

Avval tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq, 25—31-may kunlari 8 ta qatnov amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda chet eldan olib kelingan O‘zbekiston fuqarolari soni 47 ming nafarni tashkil etayotgani ma’lum qilingandi. Keyingi 10 kunda esa 3,5 ming odam havo yo‘llari, 7 mingga yaqin vatandosh esa chegara postlari orqali O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani bildirilgandi. Shuningdek, 100 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutayotgani aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют