» » Vyetnam qishloqlaridan birining mahalliy aholisi 20 nafar politsiyachini garovga oldi

Vyetnam qishloqlaridan birining mahalliy aholisi 20 nafar politsiyachini garovga oldi


Vyetnam poytaxti Xanoydan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan May Dyuk qishlog‘i aholisi 20 nafar politsiyachini garovga oldi, deb xabar berdi BFMTV.

Mojaro bir necha kun oldin sodir bo‘lgan: mansabdor shaxslar tartibni saqlash xodimlari hamrohligida (umumiy miqdorda 38 kishi) qishloqdagi yerlarni chegaralash maqsadida kelgan. Rasmiylar qishloq xo‘jaligi yerlarning bir qismini telekommunikatsiya kompaniyasiga binolar qurishi uchun berish niyatida bo‘lgan.

Qishloq faollari barcha kelganlarni qo‘lga olib ularni binolardan biriga qamab qo‘ygan. Uch nafar masabdor va 15 nafar politsiyachi qochishga muvaffaq bo‘lgan, qolganlar esa avvalgidek garovda. Mahalliy fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, garovga olingalarga yaxshi munosabat ko‘rsatilib, ovqat berilmoqda.

Shu bilan bir vaqtda qishloqliklar hukumat kuch ishlatib garovdagilarni ozod qilishidan xavfsiramoqda. “Biz garovdagilar joylashgan uy atrofiga moy sepib chiqqanmiz. Agar politsiyachilar shturm uyushtiradigan bo‘lsa, ularni yoqib yuborishga tayyormiz”, — deydi mahalliy fuqarolardan biri.

Vyetnamda barcha yer davlatga tegishli. Hukumat yerlarni tez-tez turli — uylar, mehmonxonalar yoki boshqa infratuzilma obyektlar qurish maqsadida olib qo‘yadi. Bu kabi vaziyatlar esa turli mojarolarni keltirib chiqaradi. 2012-yilda baliqchilik fermasi egasi bilan sodir bo‘lgan mojaro oqibatida yetti nafar politsiyachi jarohat olgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют