» » Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi


Hukumatning 2020-yil 28-maydagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatida bir qator rahbar xodimlar tayinlandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.

Furqat Rahimov Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi. U ilgari investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shavkat Nabiyev Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.

Jasurbek Avezov Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining eksport, importni optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif tartibga solish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, bu lavozimga u Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimidan o‘tdi.

Lutfiddin Xo‘jayev Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Xalqaro hamkorlik masalalari sho‘basi mudiri etib tayinlandi. Bundan avval u TIVning Buxoro bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar bo‘ldi. Bir qator lavozimlar tugatildi, yangilari joriy etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют