» » O‘zbekistonda muhtoj oilalarga 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

O‘zbekistonda muhtoj oilalarga 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi


Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmat xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, karantinning birinchi kunlaridan bu borada zarur choralar ko‘rilib, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 10 foizga oshirilgan.

Boquvchisini yo‘qotgan oilalar soni 155 ming, 5 nafardan ortiq farzandi bor kam ta’minlangan oilalar soni 81 ming, yolg‘iz yashovchi keksalar 16 ming nafarni tashkil etmoqda. Lekin ajratilayotgan ijtimoiy yordamlar ehtiyojmandlarga to‘liq yetib bormayotgan holatlar ham ko‘p.

Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda 450 mingga yaqin oilaning daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin

Shu bois Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga qo‘shimcha ajratilgan 992 milliard so‘m mablag‘ni hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidagi 70 milliard so‘m qoldiqni muhtoj oilalarga aniq va adolatli yetkazish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi.

Pandemiya davrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar doirasida yil yakuniga qadar qo‘shimcha 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratilishi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют