» » Andijonda 100 mln so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan soliqchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda 100 mln so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan soliqchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Andijon tumanida ikki nafar fuqaroning 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ini o‘zlashtirgan Davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlar F.U. va S.T.ning murojaatiga asosan, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda Andijon tuman Davlat soliq inspeksiyasi tahlil va prognozlash bo‘limi boshlig‘i J.Q. tomonidan qonunbuzarlik holatlari sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.

Bo‘lim boshlig‘i J.Q. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobraqamiga to‘langan deklaratsiya solig‘idan mavjud ortiqcha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan soxta xulosalar tuzgan. Shundan so‘ng J.Q. ushbu pul mablag‘lari hisobidan qarindoshi U.Q. va tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimi R.O.ning nomiga ochilgan plastik kartalarga 236,2 million so‘mni tushirib, shundan 129,5 million so‘mini fuqarolarga qaytargan. Qolgan 106,7 million so‘mini esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют