» » Oliy sud “yashil” va “sariq” hududlarda sud ishlarini ko‘rib chiqishga ruxsat berilganini eslatdi

Oliy sud “yashil” va “sariq” hududlarda sud ishlarini ko‘rib chiqishga ruxsat berilganini eslatdi


2020-yil 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “Oliy sud Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida” 2020-yil 20-martdagi RS-13-20-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga kiruvchi hududlarda sud ishlarini ko‘rib chiqish tartibi qanday ekani haqida yana qo‘shimcha ma’lumot berildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilgan.

Qabul qilingan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli to‘xtatib turiladi hamda fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etiladi. “Yashil” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolar qabuliga ruxsat beriladi.

Shuningdek, “qizil” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlar tomonidan faqat epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish va boshqa ma’muriy huquqbuzarliklarga doir — qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash, qamoqda saqlash muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ma’muriy qamoqqa olish, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish (statsionarda yotish muddatini uzaytirish), shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish (muassasada yotish muddatini uzaytirish), fuqaroni muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risida va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilangan. Sudlar sud buyrug‘i tartibidagi ishlarni (aliment undirish va boshqalar) ham ko‘rishi mumkin.

“Yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat beriladi.

Barcha sudlarda (toifa hududidan qat’i nazar):

Sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etiladi.

Bundan tashqari, ko‘rib chiqilish uchun tayinlangan ishlar qoldirilganligi sababli ularni ko‘rilishga qayta tayinlangan vaqti bo‘yicha sud majlisi ishtirokchilariga alohida xabar qilinadi, deyilgan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют