» » O‘ttiz kishilik to‘y o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berildi

O‘ttiz kishilik to‘y o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berildi


AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob qaytarib, 30 kishilik to‘y tartibi haqida ma’lumot berdi.

“Karantin e’lon qilingandan so‘ng to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish taqiqlangandi. Ammo yaqinda 30 kishilik to‘y qilishga ruxsat berilgani haqida eshitdim. Shu haqida to‘liq ma’lumot bersangiz. Bu to‘yda xizmat qiluvchi xonandalar ham 30 kishilik tarkibga kiritiladimi?”, – deya berilgan savolga quyidagicha izoh berilgan:

“Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazilishi majburiydir.

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va to‘y egalari, ma’raka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qo‘ni-qo‘shnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek, oilaviy tantana va to‘y egalarining istaklariga ko‘ra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin.”

Shu bilan birga, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilish talab etiladi:

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 30-maydan O‘zbekistonda karantin 15-iyungacha uzaytirilgan va “yashil” hududlarga to‘y-ma’raka o‘tkazishga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют