» » Tayson Fyuri: Deontey Uaylderning 3-jangga rozi bo‘lishi sababi bitta — pul

Tayson Fyuri: Deontey Uaylderning 3-jangga rozi bo‘lishi sababi bitta — pul


Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri raqibi Deontey Uaylder haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Uaylderda hali ham uchinchi jangni o‘tkazish imkoniyati bor va u bu ishni qiladi. Buning sababi bitta — pul. Jangga juda katta pul tikilgan, Deonteyning 8 yoki 9 nafar bolasi bor va ularni boqishi kerak. U aniq revanshga rozilik beradi.

Bu superog‘ir vazn, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ayniqsa raqibing Uaylderdek qo‘lida “bomba”si bor kuchli pancher bo‘lsa”, — deydi Fryuri.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bokschilar o‘rtasidagi 2018-yilda o‘tkazilgan ilk jang durang bilan yakun topgandi. 2020-yilning 22-fevralida bo‘lib o‘tgan ikkinchi to‘qnashuvda Fyuri amerikalik bokschini texnik nokautga uchratgan va Uaylderdan WBC chempionlik kamarini tortib olgandi.

Tayson Fyuri ijrosidagi top-10 nokautni tomosha qiling (video)

Uchinchi jang 3-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Jangdan tushgan gonorarning 60 foiziga Fyuri egalik qiladi, qolgan 40 foizi esa Uaylderga tegishli bo‘ladi.

Mavzuga doir: Tayson Fyuri: Entoni Joshuani 2-3 raund ichida nokautga uchrataman



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют