» » Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda velosipedga qo‘yilgan monumentning ochilish marosimida ishtirok etdi

Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda velosipedga qo‘yilgan monumentning ochilish marosimida ishtirok etdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 3-iyun kuni Ashxobodda “Velosiped” monumentining ochilish marosimida ishtirok etdi. Haykal Kopetdog‘ tizmasi poyida barpo qilingan. Butunjahon velosiped kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir haqida Turkmanistonning “Oltin asr” axborot agentligi xabar qilgan.

Ochilish marosimidan keyin Berdimuhamedov tadbir ishtirokchilari bilan birgalikda 12 kilometrlik masofani velosipedda bosib o‘tdi.

2021-yilda Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasida velotrek bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi, deyilgan agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov velosportni ommalashtirishdagi ishtiroki uchun Xalqaro velosipedchilar ittifoqining (UCI) oliy mukofoti bilan taqdirlangan.

2017-yilda Gurbanguli Berdimuhamedovga turkmanistonlik sportchilar tomonidan oltin velosiped sovg‘a qilingan. U hukumat majlislariga velosiped minib kelishni ham xush ko‘radi.

Mavzuga doir:Gurbanguli Berdimuhamedov yetimxona tarbiyalanuvchilariga va madaniyat markazi muzeyiga velosipedlar sovg‘a qildi (foto)

Aprel oyida Berdimuhamedovning 20 kilometrdan ko‘proq masofani velosipedda bosib o‘tgani hamda velosipedchiga atab qurilayotgan monumentni ko‘zdan kechirgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют