» » Farg‘onada yashirin tarzda sement ishlab chiqarayotgan tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi

Farg‘onada yashirin tarzda sement ishlab chiqarayotgan tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi


Farg‘ona viloyati Furqat tumani Ingichka qishlog‘ida yashirin sement sexi aniqlandi. Bu haqda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra qishloqda Turon Eco Cement brendi tushirilgan qoplarni noqonuniy yo‘llar bilan yasab, sement ishlab chiqarilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va Turon Eco Cement MChJning ichki xavfsizlik xodimlari o‘tkazgan reyd natijasida yashirin korxona egasi qoplarga sifatsiz, arzon va hech qanday sinov tekshiruv natijalarisiz sement mahsulotlarini qo‘lbola usulda qoplayotgan paytda qo‘lga tushirilgan.

Mavzuga doir: Davlat ekologiya qo‘mitasi Andijonda atrof-muhitga zarar yetkazgan sement korxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda sement importiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют