» » Ronaldu “Yuventus” mashg‘ulotiga 4 soat oldin keldi va sheriklari kelgunga qadar bir o‘zi shug‘ullandi

Ronaldu “Yuventus” mashg‘ulotiga 4 soat oldin keldi va sheriklari kelgunga qadar bir o‘zi shug‘ullandi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklarning 2-iyun, seshanba kungi mashg‘ulotiga ertaroq tashrif buyurdi. AS’ning xabar qilishicha, 35 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar boshlanishidan to‘rt soat avval klub bazasiga yetib kelgan.

Sheriklari kelgunga qadar portugaliyalik futbolchi individual shug‘ullangan, keyinchalik boshqa futbolchilar kelgach, guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, Ronaldu jismoniy holatni tekshirishga mo‘ljallangan bir nechta normativlarni a’lo darajada topshirgan, uning holati mart oyidagidanda yaxshiroqligi ma’lum bo‘lgan.

Krishtianu 2019/20-yilgi mavsumda “Yuventus” safida 32 o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va to‘rtta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya o‘yinlari 20-iyundan qayta boshlanadi.

Ronalduning “Real” safida “Yuventus”ga urgan supergoli yodingizdami?

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют