» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3874 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3874 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 4-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 31 kishiga oshib, 3 874 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi (barchasi Qozog‘istondan chegara post orqali kelishgan) fuqarolar orasida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida, 1 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda, qolgan 8 nafari esa Toshkent shahrida (shundan 3 nafar aholi orasida, yana 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari xorijdan kelgan va karantinga olingan) aniqlangan.

Avvalroq 3-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 28 kishiga oshib, 3 843 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirgacha 3014 bemor butunlay sog‘aygan, 16 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют