» » Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi vaqtincha yopiladi


Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining bir qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 4-iyun kuni soat 11:00 dan Nurafshon va Sebzor ko‘chalari kesishmasidan Ahmad Donish va Yangi shahar ko‘chalari kesishmasigacha (Megaplanet savdo markazigacha) bo‘lgan avtomobil yo‘lida kapital ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, Ahmad Donish va Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi kesishmasidan Megaplanet savdo majmuasi oralig‘ida joylashgan ko‘priklarda ham rekonstruksiya ishlari olib boriladi.

“Shu munosabat bilan THAY ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining ma’lum qismi (uch qatorli harakatlanish yo‘lining ikkitasi) avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют