» » OAV: Malaysia Airlines samolyotlari manzili va parvoz parametrlari haqida har daqiqada xabar beradi

OAV: Malaysia Airlines samolyotlari manzili va parvoz parametrlari haqida har daqiqada xabar beradi


Malaysia Airlines aviakompaniyasining barcha samolyotlari manzili va parvoz parametrlari haqida har daqiqada xabar beradi. Bu haqda New Straits Times manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. 

Gazetaga ko‘ra, bu yangilik AQShning Aireon korporatsiyasi tomonidan yaratilgan va kelgusi yildan ish boshlaydigan nazorat tizimi yordamida joriy etiladi. 

Uning hozirgi havo kemalari manzili nazorati tizimlaridan asosiy farqi signallar yerdagi stansiyalarga emas (ular okean usti va chekka hududlarda samolyot parvozini kuzatolmasligi mumkin), sun’iy yo‘ldoshlarga uzatilishidadir. 

AQSh korporatsiyasi yanvar oyida orbitaga samolyotlardan signallarni qabul qilib oladigan ilk 10 ta sun’iy yo‘ldoshni chiqardi. Ularning jami soni 60 tadan oshishi kutilmoqda.

2014-yil 8-martda Kuala-Lumpurdan Pekinga uchgan, bortida 239 kishi bo‘lgan Malaysia Airlines kompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir soat o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan va hozirgacha topilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют