» » Dastin Porye: Getji Fergyusonni nokautga uchratishini jangdan 1,5 oy avval aytganman

Dastin Porye: Getji Fergyusonni nokautga uchratishini jangdan 1,5 oy avval aytganman


Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye ancha vaqt oldin Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasidagi jangda Getjining nokaut evaziga g‘olib chiqishiga ishonganini aytdi.

“Jangdan bir yarim oy avval bashorat qilgandim va unda Jastin Tonini nokautga uchratishini aytgandim. Barcha meni heyterga (kimnidir yomon ko‘ruvchi shaxs) chiqardi. Jastin ustidan g‘alaba qozonganim sabab uning yutug‘iga ishonayotganimni ta’kidlashdi. Biroq aslida hammasi boshqacha. Shunchaki u Toni uchun noqulay raqib.

Ularning jangi meni hayron qoldirmadi. Birgina hayron qoldirgan jihat — Tonining shuncha vaqt turib bergani”, — deydi Porye.

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasining asosiy jangida Getji Fergyusonni 5-raundda nokautga uchratgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioniga aylandi. Endilikda Jastin mazkur toifa chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют