» » Oliy ta’lim vazirligi karantin vaqtida kontrakt miqdori o‘zgarmaganiga izoh berdi

Oliy ta’lim vazirligi karantin vaqtida kontrakt miqdori o‘zgarmaganiga izoh berdi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi karantin sharoitida O‘zbekistondagi davlat OTMda talabalarning kontrakt narxi o‘zgarmaganiga izoh berib, Oliy ta’lim muassasalaridagi xarajatlar karantin vaqtida ham o‘zgarmaganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, amaldagi tartibga muvofiq, OTMlarda kontrakt miqdori bir talabani o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Xarajatlar tarkibining asosiy qismini professor-o‘qituvchilar va xodimlarga to‘lanadigan ish haqi (ajratmasi bilan) va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, talabaga har oy to‘lab boriladigan stipendiya to‘lovlari (stipendiyali to‘lov-kontrakt qiymati miqdorida), o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hamda boshqa turdagi saqlash xarajatlari tashkil qiladi.

Bugungi kunda respublika OTMlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ijtimoiy himoyalangan to‘lov-kontrakt miqdorlari amal qilmoqda.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2019/2020-o‘quv yili uchun tasdiqlangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari bir talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarini qisman, ya’ni o‘rtacha 68 foizini qoplamoqda xolos. Mazkur mablag‘lar professor-o‘qituvchi va xodimlarning mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qisman qoplamoqda. Qolgan xarajatlar OTMning boshqa moliyaviy manbalari hisobidan amalga oshirilmoqda”, – deyiladi vazirlik izohida.

2019/2020-o‘quv yilining bahorgi semestrida belgilangan mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarni talabalar tomonidan masofaviy ta’lim asosida o‘zlashtirish (masofaviy berish mumkin bo‘lmagan laboratoriya va amaliyotning bir qismi) iyul—avgust oylariga yoki keyingi o‘quv yiliga o‘tkazilishi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, OTMga yuklatilgan talabalarga bilim berish majburiyatlari oliy ta’lim davlat standartlari asosida bajarilib kelinmoqda.

“Bugungi karantin kunlarida OTMlar professor-o‘qituvchi va xodimlariga o‘z vaqtida oylik maoshlari, ta’til pullari va talabalarga stipendiyalar mos ravishda davlat budjeti va OTMlarning kontrakt mablag‘lari hisobidan to‘lab berilmoqda. OTMlar talabalari uchun masofaviy ta’lim berish joriy etilgani munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy-texnik bazasini yaratishga ham OTMlar tomonidan qo‘shimcha mablag‘ sarflanmoqda. Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari o‘zgarmaydi.

Shuningdek, faqatgina kommunal xizmatlardan karantin davrida foydalanish qisqarishi hisobiga qisman xarajatlar kamaysa-da, bazaviy kontrakt qiymati ijtimoiy miqdorda belgilangani inobatga olinmoqda”, – deyiladi xabarda.

OTMlar yotoqxonalarida yashovchi talabalar yotoqxona uchun o‘quv yilida belgilangan to‘lovlarni to‘liq to‘lagan bo‘lsalar, foydalanilmay qolgan oylariga to‘langan mablag‘lari talabaning yozma murojaatiga asosan qaytarib beriladi yoki uning roziligi bilan keyingi o‘quv yiliga o‘tkazib yotoqxonada yashashi uchun hisoblanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 16-martdan barcha ta’lim muassasalari qatori OTMlarda ham o‘qish to‘xtatilib, ta’til e’lon qilingan, keyinchalik ta’lim masofaviy shaklda tiklangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют