» » Ilon Mask global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi

Ilon Mask global internet loyihasi doirasida yana 60 ta sun’iy yo‘ldoshni fazoga uchirdi


Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bortida 60 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari bo‘lgan Falcon 9 raketa tashuvchisini uchirdi. Bu haqda kompaniya o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Raketa tashuvchi 3-iyun kuni soat 21:25 da (Toshkent vaqti bilan 06:25 da) Florida shtatidagi Kanaveral sahrosidagi kosmodromdan uchirilgan bo‘lib, bu Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining hisob bo‘yicha sakkizinchi marotaba uchirilishi.

Liftoff! pic.twitter.com/N0INm0pPAb

— SpaceX (@SpaceX) June 4, 2020

SpaceX’ning ma’lum qilishicha, birinchi bor quyosh nuridan himoya qilishga mo‘ljallangan yig‘ma qanotga ega sun’iy yo‘ldoshlar uchirilgan. Falcon 9’ning birinchi bo‘g‘imi Atlantika okeanidagi platformaga kelib qo‘ngan.

Avvalroq SpaceX birinchi marta XKSga astronavtlarni uchirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida Starlink global internet loyihasi doirasida fazoga uchrilgan sun’iy yo‘ldoshlar parvozini o‘zbekistonliklar ham tomosha qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, SpaceX qurilmalarining birinchi guruhi 2019-yil may oyida uchirilgan. Kompaniya rejalariga ko‘ra, 2020-yilda Starlink’ning koinotdagi internet tizimi AQSh va Kanadada ishlashni boshlaydi, 2021-yilga borib butun dunyoni qamrab oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют