» » Shavkat Mirziyoyev aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligi aytdi

Shavkat Mirziyoyev aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligi aytdi


Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tayyorlangan “temir daftar”lar, ya’ni, kambag‘al aholi qatlamining kamayishiga qarab sektorlar faoliyatiga baho berilishi haqida gapirdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Barcha sektor rahbarlari bir holatni tushunib olishi lozim. ‘Temir daftar’da umumiy ko‘rsatkichlar emas, har bir oila, har bir fuqaroning muammosi va uning yechimi aks etishi kerak. Bu ro‘yxatga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bir nafar a’zosini ish bilan ta’minlashimiz shart. Agar ularni ish bilan ta’minlamasak, hech qanaqasiga bu oila oyoqqa turolmaydi. Shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarishimiz mumkin.

Lekin hamma joyda ham vaziyat birdek tashkil etilmayapti. Sektor rahbarlari ham vaziyatga to‘g‘ri baho bermayapti. Berilayotgan ijtimoiy yordam barcha ehtiyojmandlarga to‘g‘ri yetib bormayapti. Masalan, Angren shahridagi soliq idorasi rahbari sektorida 60 ta ehtiyojmand oilaga ko‘mak berildi, deb soxta ma’lumot taqdim qilgan. Bu nima degan gap?! Sektor rahbari – davlatning vakili mana shunday soxta ma’lumot bersa, jamiyatimizda xiyonat qiladigan odamlar ishlayotganidan dalolat”, — degan Prezident.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Barcha choralarni ko‘rgan holda buyum bozorlari faoliyatiga ham ruxsat bera boshlaymiz”

Shavkat Mirziyoyev bugungi og‘ir sharoitda aravasini tortgan rahbarlargina ishlashi haqida gapirdi. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlar haqida gapira turib, aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Tuman, shahar hokimlari qatorida prokuror, IIB va soliq rahbarlarining faoliyatiga har oyda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlarining xulosasi bilan baho berilishi aytildi.

“Jinoyat qayerda bo‘lyapti? Ishsizlik bor joyda jinoyat bo‘lyapti! Adolatsizlik bor joyda jinoyat bo‘lyapti”, — dedi Prezident va sektor rahbarlari birinchi navbatda fuqarolar bandligini ta’minlashga e’tibor qaratishi lozimligini uqtirdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yil sanoat sohasida 145 ming kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют