» » Angliyalik erkak ichki ovoziga quloq soldi va boyib ketdi

Angliyalik erkak ichki ovoziga quloq soldi va boyib ketdi


Angliyaning Koventri shahrida yashovchi erkak ichki ovoz tufayli millionerga aylandi, deb yozadi Daily Mail.

31 yoshli elektrik Saymon Uoddap oziq-ovqat mahsulotlari olishga ketayotganida boshidagi ovoz unga lotereya sotib olishni maslahat bergan. Britaniyalik 2,5 funtga lotereya chiptasini sotib olgan.

Erkak avval ham bir necha bor lahzalik lotereya sotib olgani, biroq yutuq chiqmagani haqida gapirgan.

Ertalab Uoddapga milliy lotereya tashkilotchilaridan xabar kelgan. Unda erkakning bir million funt sohibiga aylangani haqida yozilgan edi. Uoddap ko‘zlariga ishonmay qo‘ng‘iroq qilgan.

Erkak pul yutib olganinini birinchi bo‘lib 10 yoshli qiziga aytgan. Qizcha otasidan endi xorijga chiqish pasportini olib, sayohatga borsak bo‘ladimi, deb so‘ragan.

Uoddap yutib olgan puliga o‘zi va qizi uchun yangi kiyim va qahva qaynatgich sotib olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek qizining orzusini ro‘yobga chiqarib, uni Ispaniyaga sayohatga olib borishini aytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют