» » Edinson Kavani faoliyatidagi eng yaxshi gol va futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi kimligini aytdi

Edinson Kavani faoliyatidagi eng yaxshi gol va futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi kimligini aytdi


PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatidagi eng yaxshi golini aytdi. U 2017-yilda “Marsel” darvozasiga so‘nggi daqiqalarda kiritgan to‘pini alohida ta’kidladi. Kavani shuningdek, futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi deb kimni hisoblashini ham aytdi.

“Mening eng yaxshi golim? 2017-yilda “Marsel”ga qarshi o‘yinda urgan golim. Nazarimda, bu gol nafaqat men uchun, balki ushbu uchrashuv va muxlislar uchun ham juda muhim bo‘lgan.

Futbol tarixidagi eng yaxshi hujumchi — Ronaldo. U hujumchiga xos bo‘lgan barcha xislatlarga ega edi va maydonda istagan ishini qilardi. Ronaldo texnikasi yuqori va mohir futbolchi bo‘lgan. U men uchun barcha davrlarning eng yaxshisi hisoblanadi”, — deydi Kavani.

Mavzuga doir: Kavani, Villian, David Silva. Yozda erkin agent maqomini oladigan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Ma’lumot uchun, Kavani koronavirus pandemiyasi tufayli muddatdan oldin yakunlangan Fransiya chempionatida 14 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan va 2 marta sheriklarini to‘p bilan ta’minlagan. Uning Parij klubi bilan amaldagi kelishuvi joriy yilning 30-iyunigacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют