» » Toyota’ning “Formula-1”dagi so‘nggi bolidi koronavirusga qarshi kurash yo‘lida sotuvga qo‘yildi

Toyota’ning “Formula-1”dagi so‘nggi bolidi koronavirusga qarshi kurash yo‘lida sotuvga qo‘yildi


Xalqaro avtomobil federatsiyasi va RM Sotheby’s kimoshdi uyi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida xayriya savdolarini o‘tkazadi. Unda Toyota’ning “Formula-1” chempionatidagi so‘nggi bolidi (poyga mashinasi) sotuvga qo‘yiladi, deb xabar beradi Motor.

Kimoshdi savdolariga qo‘yiladigan Toyota TF109-01 bolidi hech qachon poygalarda ishtirok etmagan. Avtomobildan 2009-yilgi mavsumdan oldin sinovlarda foydalanilgan bo‘lib, u yapon markasining “Formula-1”dagi so‘nggi bolidiga aylangan. Shundan so‘ng, mashina shinalarni sinovdan o‘tkazish uchun Pirelli kompaniyasiga berib yuborilgan, shu sababli bolidga Italiya brendining logotiplari tushirilgan.

30 ming kilometr masofa bosgan avtomobil 700 ot kuchiga ega 2,4 litrli V8 motori bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, onlayn-savdolar orqali olti karra “Formula-1” chempioni Lyuis Xemilton, 1996-yilgi mavsum chempioni Deymon Xill, “24 soatli Le-Man” poygalarining ikki karra g‘olibi Tom Kristensen va boshqalarga tegishli poyga kombinezonlari xarid qilish mumkin.

Xayriya savdolari 15—22-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Savdolar natijasida yig‘ilgan mablag‘lar Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlariga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir: Toyota Land Cruiser 200 o‘q o‘tmaydigan limuzinga aylantirildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют