» » JSST vakili pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkinligini bildirdi

JSST vakili pandemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkinligini bildirdi


Koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lmasligini ta’minlash mumkin, ammo ehtiyot choralari ko‘rilmasa u sodir bo‘lishi va o‘ta yomon oqibatlar kuzatilishi ehtimoli mavjud. Bu haqda JSST Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Gans Klyuge ma’lum qilgan.

“Ko‘plab mamlakatlar koronavirus sabab qo‘yilgan cheklovlarni yumashtmoqda va COVID-19 infeksiyasining takroran tarqalish ehtimoli yuqori bo‘lib qolgan. Vaqtida ehtiyot choralari ko‘rilmasa, ikkinchi to‘lqin kuzatilishi va u yana ham ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, – degan Klyuge.

JSST vakili ishlar hozir ham yil boshidagidan zo‘r deb aytib bo‘lmasligi, sababi hali ham koronavirusga qarshi vaksina yoki boshqa davolash vositasi odamlar ixtiyorida mavjud emasligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Italiyalik olim koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qildi

“Yaxshi yangiliklar ham bor, biz pandemiyaning birinchi to‘lqini vaqtida ko‘p narsalarni bilib oldik. Ikkinchi to‘lqin kuzatilsa, unga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz, virusning nima ekanini bilamiz, qaysi choralar samara berishi haqida ham tushunchaga egammiz”, – deydi Klyuge.

JSST dunyo mamlakatlariga vaziyatga qarab cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish va voqea-hodisalar monitoringini yuritishni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi jahonning 216 ta mamlakatida tarqalgan.

Yevropada COVID-19 kasalligi ustidan Chernogoriya birinchilardan bo‘lib g‘alabaga erishdi va mamlakat hududida 28 kundan beri yangi kasallanish holati qayd etilmayapti, kasallanganlarning hammasi tuzalgan va mamlakatda infeksiyaga chalingan bemorlar qolmagan.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus vaksinasi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar xavfidan ogohlantirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют