» » Barcha turdagi bakteriyalarni yengishga qodir antibiotik yaratildi

Barcha turdagi bakteriyalarni yengishga qodir antibiotik yaratildi


AQShdagi Prinston universiteti olimlari antibiotiklarga bardoshli bakteriyalarni ham yengishga qodir birikmani topdi. Tadqiqot natijalari 3-iyun kuni Cell jurnalida chop etildi.

SCH-79797 nomli birikma bir vaqtning o‘zida bakteriya qobig‘ini yorib kirishi va uning hujayralaridagi foliy kislotasini parchalab yuborishga qodir. Shu bilan birga, bakteriyalarda unga qarshi chidamlilik funksiyasi paydo bo‘lmaydi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 30 yil ichida gram-manfiy bakteriyalarni o‘ldirishga qodir birorta yangi dori vositasi yaratilmagan. Ushbu bakteriyalarda gram-musbat bakteriyalardan farqli o‘laroq, tashqi qobiq mavjud bo‘lib, u aksariyat antibiotiklarga bardoshli hisoblanadi.

Professor Zemer Gitaining ta’kidlashicha, SCH-79797 bir vaqtining o‘zida ham ichkaridan ham tashqaridan hujum qilishga qodir bo‘lib, eng xavfli raqiblarinida yo‘q qila oladi — Escherichia coli oshqozon tayoqchalaridan tortib, stafilokok va gonokokkacha.

“Bu hech qanday qarshiliksiz gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadigan antibiotik hisoblanadi. Kelajakda u yangi turdagi antibiotiklarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi, degan umiddamiz”, — deydi Gitai.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, mazkur birikma “irrezistin” deb nomlangan.

Antibiotiklarning asosiy muammosi bakteriyalar ularga qarshi juda tez qarshilik ko‘rsata olishida, biroq tadqiqotlar bir patogen SCH-79797’ga qarshi tura olmasligini ko‘rsatgan.

Olimlar 25 kun davomida qayta va qayta patogenlarga dori vositasini ta’sir etib ko‘rgan va hatto Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti omborlarida saqlanadigan ancha bardoshli Neisseria gonorrhoeae gonokok shtammlaridan ham foydalanishgan. Barcha holatlarda “irrezistin” yuqori samaradorlikni ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют