» » O‘zbekistonda “bola puli”ga ehtiyoji bor oilalarning 75 foizi nafaqa olmasligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda “bola puli”ga ehtiyoji bor oilalarning 75 foizi nafaqa olmasligi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonda “bola puli” olishi lozim bo‘lgan oilalarning 75 foizi nafaqa olmaydi. Bu haqda UNICEF’ning “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar manfaatlariga mos ijtimoiy himoya tizimini qurish” mavzusidagi hisobotida qayd etildi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistondagi bolalarning aksariyati kam daromadli oilalarda yashaydi. Kambag‘allikning eng yuqori darajasi bolalar orasida, bolalarni tarbiya qiluvchi kattalar hamda 80 yosh va undan yuqori bo‘lganlar orasida kuzatiladi.

Shuningdek, qayd etilishicha, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining maktabgacha ta’limdan foydalanish ehtimoli tengdoshlariga qaraganda 1,4 baravarga kam.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyati esa tengqurlarinikidan sezilarli farq qiladi. Nogironligi bo‘lgan 7-15 yoshdagi bolalarning 13 foizi maktabga bormaydi, nogironligi bo‘lgan yoshlarning uchdan bir qismi esa ta’limning biror shaklida ishtirok etmaydi.

UNICEF hisobotida O‘zbekistonda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam maqsadli dasturining samarasiz ekanligi sabablari ko‘rsatilgan.

Unga ko‘ra, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki bolali oilalar uchun nafaqa qisqa vaqt davomida beriladi. Mahallalar nafaqa mablag‘larini ko‘p sonli oilalarga taqsimlashga majbur bo‘lishadi. Ammo ko‘plab oilalar nafaqa olishga haqli bo‘lsa-da, mablag‘ yetishmasligi tufayli yoki nafaqa ololmaydi, yoki uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Yana bir sabab kam ta’minlanganlar uchun manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganidir.

Bola parvarishi uchun nafaqa va bolali oilalarga nafaqa olishda oilada kishi jon boshiga daromad BHMning 1,5 baravaridan oshmasligi kerakligi belgilangan. Mamlakatdagi bolali uy xo‘jaliklarining yarmi bu mezonga to‘g‘ri keladi, ammo nafaqani juda ozchilik oladi – mazkur talabga muvofiq keluvchilarning 63 foizi bola parvarishi uchun nafaqa, 88 foizi bolali oilalar uchun nafaqani olmaydi.

Norasmiy bandlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan sharoitda daromad darajasini aniqlash murakkab. Shuningdek, oila daromadi qisqa muddat ichida o‘zgarib turishi ham eng ehtiyojmandlarni aniqlab olishda qiyinchilik tug‘diradi.

Shuningdek, bola nafaqasini oluvchilar mehnat bozoriga chiqsa, imtiyozdan ayrilishi mumkin. Natijada oilaning o‘z daromad manbasini kengaytirishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayishi ehtimoli bor.

“Bolalar uchun ajratiladigan nafaqa pulini bosqichma-bosqich ko‘paytirib borish davlat xarajatlarini keskin oshirmagan holda “bola puli” oladiganlar sonini oshirish imkonini beradi. Kelajakda malakali ishchi kuchiga ega bo‘lish uchun O‘zbekiston bugun bolalar va yoshlarga investitsiya kiritishi kerak. Bolalar uchun nafaqa puli oilada bola tarbiyasi va rivojlanishi uchun zarur muhitni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Bola nafaqasi inson kapitalini rivojlantirish uchun zarur”, — deyiladi hisobotda.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют