» » Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 64 nafari sog‘aydi

Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 64 nafari sog‘aydi


Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida ham 23 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 4 nafar, jami 64 nafar bemor 4-iyun kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafar erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 23 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 1 nafari Toshkent shahridan, Namangan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 14 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 6 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Andijon viloyatidan, 3 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri va Xorazm viloyatidan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 12 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 3 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 15 nafari Toshkent shahridan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

3-sonli tug‘ruq majmuasida shifo topgan 4 nafar ayollarning yoshi kattasi 38 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1 170 nafar tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1 234 nafarga yetdi.

Bundan avval Qoraqalpog‘istonda 4 kishi sog‘ayib chiqqani xabar berilgan edi. Bugun kun davomida O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 68 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3 082 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 4-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, 3 874  kishini tashkil qilmoqda, bemorlarning 16 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют