» » O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi

O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi


Vazirlar Mahkamasining “Ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ro‘yxatga olinmagan qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Nizom bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan (noqonuniy muomalada bo‘lgan) qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga o‘z ixtiyori bilan topshirish hamda qurol va (yoki) patronlarni topshirganlik uchun taqdirlash tartibi belgilanadi.

Jismoniy yoki yuridik shaxs ichki ishlar organlariga qurol va (yoki) ularning o‘q-dorilarini o‘z ixtiyori bilan topshirganligi uchun pul mukofoti bilan taqdirlanishi, 1974-yilgacha ishlab chiqarilgan fuqaroviy o‘qotar qurol topshirgan jismoniy shaxs esa uni imtiyozli olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Qurol va (yoki) patronlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan arizachining xohishiga ko‘ra, pul mukofoti naqd shaklda yoki uning hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i e’lon qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda tegishli moliya-iqtisod boshqarma (bo‘lim)lari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘z ixtiyori bilan topshirilgan qurol va o‘q-dorilar uchun pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m)ning foizdagi nisbatidan kelib chiqib belgilanadi. Xususan,

Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq qurolni, patronlarni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan jismoniy va yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.

Mazvuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют