» » Tyerri Anri Jorj Floydning o‘limi haqida: Biz o‘zgarishlarni talab qilamiz

Tyerri Anri Jorj Floydning o‘limi haqida: Biz o‘zgarishlarni talab qilamiz


“Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anri AQShda afroamerikalik Jorj Floydning politsiyachi tomonidan o‘ldirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

“So‘nggi bir necha kun davomida Jorj Floydning fojiali va keraksiz o‘limi haqidagi his-tuyg‘ularimni aniq ifoda etish maqsadida fikrlarimni jamladim. Fojiadan keyin darhol hissiyotga berilib, nafrat va g‘azab bilan yozish juda oson bo‘lar edi. Ular hali ham mavjud bo‘lsa-da, urinib ko‘raman.

Nega bu voqealar 2020-yilda sodir bo‘lmoqda? Nega aynan o‘sha irqchilar o‘zlarining sevimli jamoasida o‘ynaydigan qora tanlilarni olqishlaydi-yu, ammo ko‘chadagi qora tanlilarni haqorat qiladi? Nega buni jamiyatimizdan olib tashlash uchun qilayotgan ishlar samara bermayapti? Bu juda uzoq vaqtdan beri davom etib kelmoqda.

Men zo‘ravonlik, bosqinchilik yoki mol-mulkni talon-toroj qilishni yoqlamayman, chunki bu hech qanday muammoni hal qilmaydi va bundan faqat irqchilikdan aziyat chekayotganlar zarar ko‘radi. Nega o‘z oilasini boqish uchun butun umr mehnat qilgan odamlar, boshdan kechirayotgan muammolarga qarshi norozilik bildirib, o‘z mehnatlarining natijasini yo‘q qilib azob chekishi kerak? Bu javob emas.

Biz zudlik bilan o‘zgarishlar o‘tkazishimiz kerak. O‘zgarishlarni talab qilamiz va eng muhimi, biz o‘zgarishlarga haqlimiz. Buni hozir qiling. Shuning o‘zi kifoya”, — deb yozib qoldirgan Anri o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi Derek Shovin uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi.

Mavzuga doir: 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют