» » Payariqda hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knor yetishtirgan 54 yoshli fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Payariqda hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knor yetishtirgan 54 yoshli fuqaroga jinoyat ishi ochildi


Samarqand viloyat Payariq tumanidagi Farmonqul qishlog‘ida yashovchi 54 yoshli erkak hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knor yetishtirgani aniqlandi va unga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 28-aprel kuni soat 11:30 da Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan “Kattasaydov” MFY Farmonqul qishlog‘ida yashovchi 54 yoshli R.B.ning uyidagi tomorqasi ko‘zdan kechirilgan. Tadbir davomida tomorqaning 180 kvadrat metr maydonida 3762 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligi, yotoqxonasidagi deraza tokchasida gultuvakka ekilgan 5 tup ko‘knor borligi aniqlangan. Ushbu aniqlangan o‘simliklar xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Shuningdek, shu kuni R.B.ning oshxonasi ko‘zdan kechirilganda, javon ustida yoyilgan holatda bo‘lgan 11,7 gramm ko‘knorning quruq holdagi barglari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Bundan tashqari, R.B.ning og‘ilxonasida simga ilingan sellofan “paket” ichida va yerto‘lasida yelim baklashka ichida bo‘lgan 519,5 gramm ko‘knor urug‘lari borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha R.B. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va u bilan bir qator tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, R.B. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish), 276-moddasi 1-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 25 orqali 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, o‘rnatilgan tartibda tegishli sudlovga yuborilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют