» » Facebook’da eski postlarni yashirib qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ldi

Facebook’da eski postlarni yashirib qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ldi


Facebook’da eski postlarni o‘chirish va arxivlash imkonini beradigan shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya blogida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi o‘zi tomonidan joylashtirilgan postni boshqalardan yashirib, saqlab qo‘ymoqchi bo‘lsa, endi uni arxivga jo‘natishi mumkin. Eski postlarni o‘chirish uchun esa, uni “korzinka”ga joylashtirish kerak — post u yerda 30 kun saqlanadi (foydalanuvchi fikridan qaytib qolishi ham mumkin), shundan so‘ng, qayta tiklab bo‘lmaydigan tarza o‘chib ketadi.

Moderatsiya jarayoni qulay bo‘lishi uchun ijtimoiy tarmoq bittalab emas, guruhlab o‘chirish yoki arxivlash imkoniyatini qo‘shdi. Filtrlar yordamida postlarni sanasiga qarab yoki aniq bir inson nomiga aloqadorlarni o‘zaro birlashtirish mumkin.

Yanvar oyining oxirlarida ijtimoiy tarmoq tashqi veb-sayt va ilovalar yig‘ishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni o‘chirishga yordam beradigan “Facebook’dan tashqaridagi harakat” funksiyasini qo‘shgan edi. Ushbu funksiya yordamida boshqa saytlar va dasturlarga kirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlash mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют