» » So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi

So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi


O‘zbekistonda qiyin ijtimoiy ahvoldagi, kam ta’minlangan, nogironligi bor a’zosi bo‘lgan oilalar qizlariga 800 ta alohida kvota ajratiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu borada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda ro‘yxat shakllantiriladi hamda tegishli nizom tayyorlanmoqda.

Shuningdek, So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500 ta davlat granti kvotasi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OTMlarga hujjatlar 15-iyundan 15-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Bitiruvchilar attestat olishi shart emas. XTV bazasidagi ma’lumot DTM bazasiga o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilariga attestatsiya qanday tartibda berilishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют