» » Rossiyalik muhandislar Lada Priora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirdi (video)

Rossiyalik muhandislar Lada Priora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirdi (video)


Krasnodardagi avtoservis jamoasi ikki oy davomida Lada Priora’ni ulkan o‘rgimchakka aylantirgani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Videorolik muallifining so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish juda qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lib, ikki oy vaqt sarflangan. Shunga qaramay, mashina oldingidek “yura oladi”.

“O‘rgimchak-avtomobil”ning uzunligi 3 metrga teng har bir oyog‘iga alohida g‘ildirak yasalgan. Avtomobil o‘zining ichki yonuv dvigateli, transmissiyasi va benzobakidan ayrilgan — bu kabi qaror konstruksiyani yengilroq qilish maqsadida qabul qilingan. Buning o‘rniga Priora’ga elektromotor o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida butun konstruksiya harakatga keladi.

To‘g‘risini aytganda, bu mashina yordamida tez harakatlanib bo‘lmaydi. “O‘rgimchak-avtomobil”ning maksimal tezligi soatiga 5 kilometrni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют