» » O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda


2020-yilda OTMga kirish imtihonlari 20-iyuldan 20-avgustga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Davlat test markazi rahbari Majid Karimov 4-iyun, payshanba kuni o‘tkazilgan onlayn brifingda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish 15-iyundan 15-iyulga qadar davom etadi.

“15-iyul kuni soat 00:00 da hujjatlar qabuli to‘xtatiladi. So‘ngra hujjatlarni guruhlash, abituriyentlarga imtihonga kirish uchun ruxsatnoma tayyorlash jarayonlari amalga oshiriladi. Abituriyentlar ruxsatnomani Davlat test markazining rasmiy saytidan olishlari mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomani olish tartibi bo‘yicha roliklar orqali ma’lumot berish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlat qabul komissiyasiga ko‘ra, kirish imtihonlarini 25-iyuldan boshlash va 20-avgustgacha davom ettirish rejalashtirilmoqda. Aniq sanalar haqida yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — degan u.

Shuningdek, brifingda ma’lum qilinishicha, kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. Buning uchun 64 ta bino tanlab olingan. Har bir guruh uchun alohida kameralar o‘rnatiladi. Shuningdek, umumiy imtihon jarayonini kuzatish imkonini beradigan, 360 gradusga aylanadigan kameralardan ham foydalanish rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda 3 ta majburiy fandan, ya’ni ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematikadan test bo‘lmaydi. Faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Ballar quyidagi tartibda belgilanadi:

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkaziladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют