» » Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi


Toshkent viloyati Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, tayinlov Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan.

Sessiyada shu paytga qadar Ohangaron shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Odiljon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etildi.

Toshkent viloyat hokimi Rustam Xolmatovning tavsiyasiga asosan, Ohangaron shahri hokimi lavozimiga Akrom Eshonqulov tayinlandi.

Akrom Eshonqulov 1976-yil 16-fevralda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. U Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi.

Shaharning yangi hokimi mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda ishlagan. Jumladan, u Toshkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinchi o‘rinbosari — shahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Akrom Eshonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Vazirlar Mahkamasining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limida Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir: So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют