» » So‘xda 3 ta dam olish maskani yaratiladi, viloyat markaziga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

So‘xda 3 ta dam olish maskani yaratiladi, viloyat markaziga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda


So‘x tumanida uchta dam olish maskani yaratiladi. Tumandagi eski aerodromni qayta ta’mirlab, viloyat markaziga havo yo‘llari orqali borib kelishni yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda So‘x tumani hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur masalalar 3-iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida So‘x tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan.

Shuningdek, Simodon, Kasminon, Hushyor, Malbud va Vargan hududlarida ikki oy davomida tik quduqlar o‘rnatilib, bo‘sh turgan yerlar o‘zlashtiriladi. Oltita mahalla fuqarolar yig‘inida kichik sanoat hududlari tashkil etilishi belgilab olindi.

Mavzuga doir: So‘xlik bitiruvchilarga OTMlarga kirishda 500 ta davlat granti kvotasi ajratildi

Ta’kidlanishicha, tumanga tashrif buyurgan vazirlar o‘z sohalari bo‘yicha ikki kun davomida mavjud muammolarni o‘rganib, ularni to‘liq bartaraf etish uchun manzilli dastur loyihasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, So‘x—Rishton yo‘li va boshqa mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida takliflar bildirilgan.

Hududda 2020-yil davomida qiymati 101 milliard so‘m bo‘lgan 73 loyiha amalga oshiriladi. Buning natijasida 4,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Banklar ko‘magida 82 ta loyiha amalga oshirilib, bu maqsadlar uchun So‘x tumaniga 153 milliard so‘m kredit yo‘naltiriladi.

Avvalroq So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют