» » BMW kabrioletiga aylantirilgan Toyota Camry sotuvga qo‘yildi

BMW kabrioletiga aylantirilgan Toyota Camry sotuvga qo‘yildi


Kentukki shtatida egasi tomonidan BMW 5-Series (E60) kabrioletiga aylantirilgan 2002-yilgi Toyota Camry Solara 7,5 ming dollar evaziga sotuvga qo‘yildi, deb xabar berildi Marketplace’ning Facebook sahifasida.

Mashinaga o‘zgartirish kiritish jarayonida Toyota Camry Solara’ning kapoti, bamper va faralari BMW E60’nikiga almashtirilgan. Bo‘yash uchun 3500 dollar sarflanganidan keyin avtomobil uch xil rangda tovlanadigan bo‘lgan. Asosiy oq rangdan tashqari, mashina kapoti qisman kumushrangga, yon oynalari esa qizilga bo‘yalgan.

Kuzov kabi salonga ham o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, unda ham uchta rang o‘zaro uyg‘unlashgan. Shuningdek, avtomobilga sensor displeyli yangi multimedia tizimi o‘rnatilgan. Shu bilan birga, mashina egasi 2200 dollarga yig‘ma tom va ishlangan gazlarni chiqarishga mo‘ljallangan yangi tizim sotib olgan.

Noodatiy kabrioletga Camry Solara’ning oddiy 203 ot kuchiga ega 3,0 litrli V6 dvigateli o‘rnatilgan. Agregat to‘rt pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют