» » Eronda koronavirusning tarqalishi rekord sur’atlarda davom etmoqda

Eronda koronavirusning tarqalishi rekord sur’atlarda davom etmoqda


O‘tgan bir sutka ichida Eronda 3574 nafar odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va bu 19-fevralda mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkich. Bu haqda 4-iyun kuni Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahonpur IRINN telekanalidagi efir vaqtida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir sutka ichida 59 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan, Eronda COVID-19 sabab qayd etilgan o‘lim holatlarining umumiy soni 8071 taga yetgan. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni esa 164 270 nafarni tashkil qilmoqda, epidemiya boshlanganidan buyon 127 485 kishi kasallikdan tuzalgan.

2-iyunda Eronda ikki oyda qayd etilmagan natija kuzatilgan va shu kuni bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanishlar soni 3000 tadan oshib ketgandi. Avvalgi antirekord 30-martda o‘rnatilgan va bir sutka ichida 3186 ta yangi holat aniqlangandi.

May oyida Eronda bir sutkada kuzatilgan yangi kasallanishlar soni 802 tagacha kamaygandi.

Eron Islom Respublikasida COVID-19 koronavirusi aprel oxiridan chekina boshlagan va infeksiyaga chalinish bo‘yicha yangi holatlar mingtadan kamaygandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют