» » Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy karantin vaqtida kafega borgani uchun jarimaga tortilishi mumkin

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy karantin vaqtida kafega borgani uchun jarimaga tortilishi mumkin


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy karantin cheklovlarini buzgani uchun 17 ming griven (635 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashenkoga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezidentning jarima to‘lashiga sabab sifatida ko‘rsatilayotgan voqea 3-iyun kuni Xmelnitskiy shahrida yuz bergan, Ukraina prezidenti mazkur shaharga tashrif bilan borgan. Shahar markazi bo‘ylab boshqa mansabdorlar bilan aylanish chog‘ida Zelenskiy kafega kirgan va qahva ichgan. Shundan so‘ng uning Twitter’dagi sahifasida xabar paydo bo‘lgan. “Xmelnitskiyda ajoyib qahva! Xushbo‘y va mazali! Birinchi kafe karantindan chiqmoqda, koronavirus epidemiyasidan keyin sekinlik bilan tiklanyapmiz”, — deb yozgan Zelenskiy.

Zelenskiy qahvani kafening ichida ichgan. Biroq Ukrainada umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyati haligacha rasman taqiqlangan. Olib ketish uchun ovqat tayyorlaydigan va ochiq ayvonlarda ishlaydigan muassasalar bundan mustasno. Kafe va restoranlar faqat 5-iyundan boshlab to‘liq ish faoliyatini tiklashi mumkin.

Gerashenkoning ma’lum qilishicha, prezident karantin choralarini buzgani uchun jarima to‘lashi mumkin. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, davlat rahbarining aybi hali isbotlanmagan. Uning eslatishicha, IIVning Zelenskiyni jarimaga tortishi birinchi marta emas. Vladimir Zelenskiy 2019-yil aprel oyida saylov byulletenini ko‘rsatgan va ovoz berish sirini oshkor qilgani uchun jarimaga tortilgan. Shu sababli politsiyaning vakolatli organlari ayni paytda mazkur masalani ko‘rib chiqmoqda.

Zelenskiyning o‘zi Xmelnitskiyda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u qahvaga taklif etilganini va kerak bo‘lsa, jarima to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. “Agar biror narsani buzgan bo‘lsam, jarima to‘lashga tayyorman. Meni taklif qilishdi, men kirdim, u yerda hammasini tekshirdik. Shunchaki jamoaga ishondim”, — dedi Zelenskiy.

Ukrainaning bosh sanitar shifokori va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Viktor Lyashko kafega tashrif vaqtida Zelenskiy bilan birga bo‘lgan. Voqeaga izoh bergan Lyashko muassasaga tashrifni tekshiruv sifatida qabul qilish kerakligini aytgan. “Agar voqea aynan shunday talqin qilinsa, hech qanday qonun buzilishi yuz bermagan bo‘ladi”, —degan bosh sanitar shifokor.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 25,4 ming kishida koronavirus aniqlangan, 747 kishi kasallik oqibatida vafot etgan. So‘nggi bir sutkada mamlakatda 588 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Mavzuga doir: Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют