» » AQShdagi qora tanli kishining o‘limi uchun politsiyani jazolash haqidagi petitsiya rekord darajada ovoz to‘pladi

AQShdagi qora tanli kishining o‘limi uchun politsiyani jazolash haqidagi petitsiya rekord darajada ovoz to‘pladi


AQShda politsiyachilar tomonidan qiynoqqa solingan va shifoxonada vafot etgan Jorj Floydning o‘limida politsiyaning aybdorligi haqida Change.org platformasiga joylashtirilgan petitsiya rekord darajada ovoz to‘pladi. 4-iyun holatiga ko‘ra petitsiya 15 milliondan ortiq imzo to‘plagan.

Petitsiya yangi rekordni 30-maydayoq o‘rnatgan (5,8 million imzo) va hozirgi vaqtda o‘ziga tegishli natijani yaxshilab bormoqda.

Petitsiya 27-may kuni Oregona shtatida yashovchi 15 yoshli Kellen ismi qiz tomonidan tarmoqqa joylashtirilgan.

“Biz Minneapolis meri Jeykob Frey hamda okrug prokurori Mayk Frimenning e’tiborini jalb qilib, ushbu o‘ta jirkanch vaziyatga aralashgan ofitserlarni ishdan haydash va ularga nisbatan darhol ayblov e’lon qilinishi tarafdorimiz”, – deyilgan petitsiyada.

Eslatib o‘tamiz, Floydning o‘limidan keyin 4 nafar politsiyachi ishdan haydalgan va ularga nisbatan ayblov e’lon qilingandi.

Sobiq politsiyachi Derek Shovin ikkinchi darajadagi qotillikni sodir etganlikda, uning hamkasblari Jey-Aleksandr Kyuin, Tomas Leyn va Tu Tao esa jinoyatga sheriklik va ikkinchi darajali qasddan sodir etilmagan qotillikka undashda ayblanmoqda. Ular 40 yil muddatga qamalishi mumkin.

Floydning vafotidan keyin AQShda norozilik namoyishlari boshlangan, oqibatda mamlakatning turli shaharlarida tartibsizliklar, vandalizm va zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют