» » Vivo kuchli kameraga ega X50 lineykasini taqdim etdi

Vivo kuchli kameraga ega X50 lineykasini taqdim etdi


Vivo kompaniyasi X50, X50 Pro va X50 Pro+ modellari o‘rin olgan X50 smartfonlar lineykasini taqdim etdi. Yangi modellar innovatsion barqarorlashtirgich tizimi va sifatli zumga ega noodatiy kamera datchiklari bilan xaridorni o‘ziga jalb etadi, deb xabar beradi Gsmarena.

Vivo X50 va X50 Pro’ga 6,56 dyuymli AMOLED displey o‘rnatilgan bo‘lib, u Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma ichidan Snapdragon 765G protsessor, 8 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotira o‘rin olgan. Akkumulyator sig‘imi 4315 mA/soatga teng bo‘lib, Pro versiyasi 33 vattgacha tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega (kichik X50’ga 4200 mA/soat batareya o‘rnatilgan).

X50 Pro’ning asosiy kamerasi 48 megapiksellga teng bo‘lib, Sony IMX598 sensori yordamida videoga olinganda barqarorlashtiruvchi konstruksiya ishga tushadi. Shuningdek, smartfon 8 megapikselli ultra keng o‘lchamli, 50 millimetr fokus oralig‘iga teng 13 megapikselli televik, besh marotabali optik hamda 60 baravargacha yaqinlashtiruvchi raqamli zumli periskopik modulga ega. Frontal kamera esa 32 megapikselni tashkil etadi.

Kichik X50 modelining asosiy kamerasi biroz oddiyroq — asosiy datchigi Pro’niki bilan bir xil, biroq innovatsion barqarorlashtirgich tizimiga ega emas. Periskopik televik o‘rniga 5 megapikselli makrokamera o‘rnatilgan.

Vivo X50 Pro+ Snapdragon 865 protsessoriga ega haqiqiy flagmanga aylangan. Qurilmaga 4350 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, 44 vatt tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoyda yangi lineyka 6-iyundan sotuvga chiqadi. Rasmiy narxlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют